O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan.
Ushbu Qonunning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjat qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini tartibga solish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat hisobi, elektr energiyasining tariflari kabi boblardan iborat.
Izoh (0)