• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amerikalik olim Kristofer Fort o‘zbek tilida maqola yozdi

    AQShning Michigan universiteti doktoranti Kristofer Fort yaqinda o‘zbek tilida maqola yozdi. Maqola “O‘zbek tili XXI asrda” deb nomlanib, unda o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritilgan. Maqola O‘zA tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, quyida u to‘lig‘icha havola etildi.

    Kristofer Ford

    Kristofer Ford
    Foto: O‘zA

    O‘zbek tili XXI asrda

    Movarounnahrda turk tilida birinchi bo‘lib yozmagan bo‘lsa ham, Alisher Navoiy eski o‘zbek tilining bobosi unvonini qozongan, chunki u birinchi bo‘lib turk tilida yaxshi yozgan. U “Muhokamat ul-Lug‘atayn” asaridagi son-sanoqsiz go‘zal baytlari bilan turk tilining husni fors tilinikiga nafaqat teng, balki ayrim jihatlarda ustun chiqadi, deb isbot qilgan.

    Navoiyning vafot etganidan besh yuz yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, uning so‘zlari va keltirgan dalillari hali ham o‘z isbotini topmoqda. Biz, albatta, globallashayotgan dunyoda yashaymiz. O‘zbek tiliga qaraganda jahon bo‘ylab keng tarqagan tillar – masalan, ingliz, fransuz, rus yo xitoy tili ko‘proq ijtimoiy harakatchanlik imkoniyatini beradi. Tarix va mustamlakachilik natijalari shular — taqdirga tan berishga to‘g‘ri keladi. Ammo bu zamonaviy fakt Navoiy merosiga ziyon yetkaza olmaydi, chunki Navoiy ijod qilgan turk tili va hozirgi o‘zbek tili o‘ziga xos husn va lakunalarga ega.

    O‘zbek tilining o‘ziga xosligi haqida so‘z borganda, ko‘p mualliflar tilning lug‘atidagi durlarni ko‘rsatib o‘tadilar. Masalan, “zavol” so‘zi boshqa tillarda yo‘q. Mabodo “zavol” haqida aytilmasa, o‘zbek tilining benazir maqollari to‘g‘risida gapiriladi.

    Shaxsan meni esa lug‘aviy so‘zlar emas, balki o‘zbek tilining sintaksisi yoki so‘zlar tartibi ko‘proq qiziqtiradi. Ona tili ingliz tili bo‘lgan mendek odam uchun o‘zbek tilining so‘zlar tartibini o‘rganib olish juda qiyin bo‘lgan va bu so‘zlar tartibi meni nafaqat gaplarni boshqacha o‘ylab tuzishga, balki men kuzatgan dunyo va gaplashgan odamlarga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qiladi. O‘zbekchada gapirsam, shunday aytishim mumkin, o‘zimni boshqa odamdek his qilaman. Bu tilda o‘ziga xos go‘zallik bor.

    O‘zbek tilining sintaksisdagi husni men uchun sub’ektiv hissiyot hamdir. Tildagi so‘zlar tartibi quloqqa yoqadigan simmetrik kuy tuzadi. Biron gap “men”dan boshlansa “man” bilan tugaydi, “sen”dan esa “san” bilan tugaydi va hokazo. Bu tabiiy simmetriyadan o‘zbekchada har bir gapda to‘lalik yo tugallash hissi bor.

    Hazrat Navoiy bu xushohanglikni shubhasiz sezgan bo‘lsa kerak, chunki ushbu o‘ziga xos ovoz uning turk tilidagi g‘azallari va ruboiylarida betakrorona ifodalanadi. Navoiyning vorislari, shu jumladan, men shug‘ullanadigan va asarlarini ingliz tiliga tarjima qilayotgan XX asr o‘zbek adiblari, o‘z ajdodi merosidan to‘la foydalanishgan.

    Tez orada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani men ingliz tiliga o‘girgan tarjimamda “Akademik Stadis Press” tomonidan chop etiladi. Cho‘lponni tarjima qilishga bel bog‘ladim, chunki romanning birinchi so‘zlarini o‘qishim bilan uning o‘zbek tiliga xos usuli meni o‘ziga afsun qilib qo‘ydi. Xuddi buyuk bobosi Navoiydek Cho‘lpon o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda qilish imkoniyatlarini to‘la tarzda kashf etadi. “Kecha va kunduz” romanining o‘zbekcha lakunalaridan foydalanib, ko‘zga tashlanadigan istioralaridan biri mana bu: “Oy hali chiqmagan; faqat kechaning qorong‘isiga o‘chakishgan sanoqsiz yulduzlar tepada turib mash’allarini yondirganlar, xuddi peshona oldida ko‘ringan eng yorug‘ bir yulduz, piyoz to‘g‘rab yotgan kelinchakning ko‘zlariday, pirpirab yonardi”. Albatta, boshqa xalqlarda ham piyoz to‘g‘rash ko‘z yoshlariga sabab bo‘lishi ma’lum, ammo bu istiora o‘zbek oilalaridagi munosabatlarni ochib beradi va shu zahotiyoq Markaziy Osiyodagi madaniy hayotning o‘ziga xos jihatini ifodalaydi.

    Globallashuv jarayoniga qaramay, o‘zbek tili jahon tamadduni tarixiga o‘zining hissasini qo‘shgan til bo‘lgan va bo‘ladi. O‘zbek tilining badiiy so‘z ustalari — Navoiy va Cho‘lpondek allomalar jahon bo‘ylab dong taratishga loyiq. Men tarjimon bo‘lib, ularning nomlarini dunyoga tanitishda ishtirok etishdan xursandman. Ishonamanki, hozirgi zamon O‘zbekiston yoshlari o‘z bobolari merosidan faxrlanadi va uni dunyoga tarqatishdan iftixor qiladi.

    Kristofer Fort, Michigan universiteti doktoranti (AQSh).

    Ma’lumot uchun, Kristofer Fort  1988-yili AQShning Minnesota shtatida tug‘ilgan. 2010-yilda siyosatshunoslik va rus tili bo‘yicha bakalavr darajasi bilan Michigan davlat universitetini tamomlagan. Oayo davlat universitetida magistr darajasini olgan.

    Kristofer doktorlik ishida XX asr rus va o‘zbek adabiyotlarini qiyoslab, tahlil qilmoqda. Uning Tolstoy va o‘zbek adabiyoti haqida maqolalari nashr qilingan. Hozirda u Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanini ingliz tiliga tarjima qilib, chop ettirish harakatida.

    Kristofer Fort bir necha yil O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini o‘rgangan. 2018 yilning avgustida Toshkentda o‘tgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ham ishtirok etib, nutq so‘zlagan edi.

    21.05.2019, 17:35   Izoh (0)   12323
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Belarus Bosh shtab boshliqlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

    21.05.2019, 17:23

    Samarqandda dafn marosimlari uchun millionlab pullar noqonuniy undirilgan

    21.05.2019, 16:49

    O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari reytingi e’lon qilindi

    21.05.2019, 15:33

    Qarshidan to Garvard tibbiyot maktabigacha. Jamshid Jambulovning qalblarni larzaga keltiruvchi hikoyasi

    21.05.2019, 15:10

    O‘zbekistonda mehmonxonalar mijozlarga nikoh munosabatlaridan qat’i nazar xizmat ko‘rsatishi belgilandi

    21.05.2019, 14:46

    Akramjon Qo‘chqorov Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    21.05.2019, 14:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi iPhone 17 ning barcha modellarining suratlari e’lon qilindi

    Layfstayl | 4 iyun, 17:15

    Saudiyada noqonuniy haj ziyorati tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs qamaldi

    Dunyo | 4 iyun, 17:05

    Taxallusi bilan tanilgan o‘zbek shou-biznesi yulduzlari

    Shou-biznes | 4 iyun, 16:50

    Miya implanti va sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qildi

    Dunyo | 4 iyun, 16:35

    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

    Reklama | 4 iyun, 16:30

    Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘da gid bo‘lib ishlamoqda

    Dunyo | 4 iyun, 16:20

    Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi — manba

    Sport | 4 iyun, 16:12

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 16:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.