“Sumerki” filmidagi Edvard Kallen obrazi bilan tanilgan britaniyalik aktyor Robert Pattinson rejissor Mett Rivzning filmida “Betmen”ni ijro etadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Filmni suratga olish ishlari shu yilning yozida boshlanadi. Biroq jarayon boshlanishining aniq sanasi hali noma’lum. “Betmen” filmi katta ekranlarga 2021-yilning 25-iyunida chiqishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, 33 yoshli Pattinson Kristian Beyldan keyin ushbu superqahramonni gavdalantirgan ikkinchi eng yosh aktyor bo‘ladi.
Izoh (0)