Standart and Poor’s xalqaro reyting agentligi tomonidan Toshkent viloyatining uzoq muddatli kredit salohiyatini belgilovchi reyting tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bu borada Rossiyaning “Gazprombank” aksiyadorlik kompaniyasi konsultantiv yordam ko‘rsatgan. Viloyatga “BB-” reytingi berildi, prognoz “Barqaror”.
Bunday yuksak bahoga mamlakatdan keyin nafaqat O‘zbekistonning boshqa viloyat va shaharlari, balki Markaziy Osiyo mintaqalari orasida ham birinchi bo‘lib erishildi.
Toshkent viloyatining kredit salohiyatini yuqori baholagan S&P Global ratings xalqaro tashkiloti dunyoning 128 mamlakatida tahlil olib boradi. 150 yillik tarixga ega ushbu xalqaro reyting tashkilotining jahondagi har bir davlatda o‘z tahlilchilari bor. Ular mamlakatlar va mintaqalarning iqtisodiy salohiyati, kredit berish qobiliyatini o‘rganadi va doimiy ravishda baholab boradi.
Xalqaro reyting agentligi tahlilchilari tomonidan taqdim etilgan xulosada Toshkent viloyatining reyting ko‘rsatkichlari yuqori e’tirofini topgan. Xususan, xalqaro ekspertlar xulosasida viloyatning reyting ko‘rsatkichlari respublikaning reyting ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro muvofiqligi, viloyatdagi mavjud moliyaviy barqarorlik, kelgusi uch yillikda viloyat budjeti profitsit bilan ijro etilishi hamda viloyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy va likvidlik ko‘rsatkichlari yuqoriligicha qolishi qayd etilgan.
Izoh (0)