Turkiyaning muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi Istanbul meri lavozimiga qayta saylovlarda Akrom Imomo‘g‘li nomzodini ilgari suradi. Bu haqda partiya rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
U Turkiya Markaziy saylov komissiyasi natijalarini bekor qilgan 31-mart kungi saylovlarda g‘olib chiqqandi.
“Akrom Imomo‘g‘li 23-iyun kuni 16 million istanbulliklarning nomzodi bo‘ladi. Biz saylovlarda ishtirok etamiz. U boy va qashshoqlarning nomzodi, barcha istanbulliklarni birlashtiruvchi yagona nomzod”, — dedi Qilichdoro‘g‘li.
Muxolifat partiyasi rahbari o‘z qarori bilan saylov natijalarini bekor qilgani uchun MAKni qoraladi.
Izoh (0)