Angliya Premyer ligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi uchun sovringa da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda liganing rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur sovringa 4 nafar mutaxassis: Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Maurisio Pochettino (“Tottenhem”) va Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) da’vogarlik qilmoqda.
Gvardiola va Klopp chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, Pochettino jamoasi bilan musobaqa jadvalidagi 4-o‘rinni mustahkamlab oldi. Nunu esa “bo‘rilar” bilan klubning 18 yil ichidagi rekord darajadagi ochkosini to‘pladi (57).
Ovoz berish jarayoni liganing rasmiy saytida 9-may kuniga qadar davom etadi. Uning natijalari futbol mutaxassislaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan inobatga olinadi va g‘olib 14-may sanasida e’lon qilinadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)