9-may kuni soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bayram salyuti (feyerverki) otiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
“Ushbu salyutlar xizmatlari hech qachon unutilmaydigan qadrli faxriylarimiz uchun bayram sovg‘asi bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Hozircha salyut Toshkentning qaysi hududida otilishi haqida matbuot xizmati oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 9-mayga bag‘ishlab salyutlar O‘zbekiston Milliy bog‘ining “Navro‘z” maydonida otilgan edi.
Izoh (0)