Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan “Fani” sikloni natijasida 2 milliondan ortiq kishi xavfli zonadan evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: BBC

Foto: BBC

“Ikki mamlakatda o‘nlab kishilar tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Hindiston va Bangladeshning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga “Fani” sikloni ta’siridagi hududlariga borishni vaqtinchalik to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi O‘zbekiston elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)