Afg‘onistonda maxsus xizmatlarning operatsiyasi davomida IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Muftiy O‘zbek jangarilar ta’minoti va Markaziy Osiyoda IShIDning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi uchun mas’ul shaxs bo‘lgan.
Bog‘lon viloyatida amalga oshirilgan operatsiya davomida IShIDning 4 nafar a’zosi o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)