Rossiya fuqarosi Qirg‘izistondagi “Manas” xalqaro aeroportida joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabarida aytilishicha, voqea 3 may kuni sodir bo‘ldi.Yo‘lovchilardan biri “Bishkek—Istanbul” reysidan “noo‘rin hatti-harakatlari” sababli qoldirilgan, keyinchalik u joniga qasd qilishga uringan.
Ta’kidlanishicha, erkak ko‘rikdan o‘tish joyida tartibsizlik qilib, chegarachilarga tashlangan.
Rossiya fuqarosi transport politsiyasiga topshirildi.