“O‘zbekiston temir yo‘llari” may oyida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakatlanishini joriy etadi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bular:1, 2, 8, 9, 15, 16, 29, 30-may kunlari Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektrpoyezdida jami 8 ta reys;
6-may kuni Toshkent—Shahrisabz—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta reys;
7, 14, 21, 28-may kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida “Sharq” tezyurar elektrpoyezdida 4 ta reys amalga oshiriladi.
Izoh (0)