Avvalroq xabar berganimizdek, bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Senatorlar kunni “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshlagan bo‘lsa, Markaziy bank, 2019-yilda bank tizimini isloh qilish va moliyaviy barqarorlikni kuchaytirish masalasi muhokamalarga yakun yasab berdi.
“Daryo” muxbiri yalpi majlisning birinchi ish kunida bo‘lib, maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)