2019-yil 29-aprel kuni soat 02.00 larda O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6 kilometrida Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Mersedes rusumli avtobusning balloni yorilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Buning oqibatida boshqaruv yo‘qotilib, avtobus beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va yonishni boshlagan. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ulardan 2 nafari O‘rtachirchiq tumani shifoxonasiga, 5 nafari Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi.
Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-ona hamda 3 nafar xaydovchi bo‘lgan.
Izoh (0)