Suriyalik taniqli yozuvchi va sayyoh Adnan A’zam Damashq—Bag‘dod—Tehron — Moskva yo‘nalishida ikki otda sayohatga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
6 ming kilometrdan iborat yo‘l 8 oy vaqt olishi kutilmoqda. Bu vaqt mobaynida u Suriyaga xayrihox davlatlar fuqarolari bilan uchrashuvlari haqida hujjatli film olishi va ularga mamlakat madaniyati haqida hikoya qilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Adnan A’zam 30 yil avval otda AQShgacha borgan va prezident Ronald Reygan bilan uchrashgandi.
Izoh (0)