25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida yana bir jang yakunlandi.
Ayollar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shahnoza Yunusova yarim finalda xitoylik Xong Guga qarshi ringga chiqib, ochkolarga hisobiga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Shahnoza Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunladi.
Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon Mirzaahmedov, Miraziz Mirzahalilov, hamda Sanjar Tursunov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)