25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida 3 ta jang yakunlandi.
O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi dastlabki yarim final jangini -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov boshlab berdi. U qirg‘izistonlik bokschi Mirlan Turkbai Uuluga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Nodirjon raqibini ochkolar hisobiga mag‘lub etib, musobaqaning final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
-56 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Miraziz Mirzahalilov esa filippinlik Pedres Bautistaga qarshi ringga chiqdi. Uch raund yakuniga ko‘ra Miraziz raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-91 kg vazn toifasi vakili Sanjar Tursunov iordaniyalik Hussayn Lashaishga qarshi ringga chiqib, raqibini ochkolar hisobiga taslim qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)