“Toshkent bahori” V xalqaro opera va balet san’ati festivali boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr, “O‘zbekneftgaz” AJ va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur festivalga vazirlik va idoralar, jamoat va ijodiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san’at muxlislari taklif etildi.
Spektakl opera va balet san’ati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, san’atkorlarning bu yo‘nalishda o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatni yanada kengaytirish, muxlislarni mumtoz san’atning bebaho namunalaridan bahramand etishni ko‘zlaydi.
Festivalning ilk kunida Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” operasi namoyish etildi.
Izoh (0)