Rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov nima uchun Alla Pugachyova bilan ajrashganini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pugachyova bilan turmushidagi munosabatlari iliq bo‘lgan.
“Balki ko‘z tekkandir. Biz ko‘p narsani ommaga olib chiqqanmiz. Bizda hammasi yaxshi ekanligini ko‘p aytganmiz. Hammasini unutishimiz va o‘z hayotimiz bilan yashashimiz kerak edi”, — deydi u.
Kirkorov va Pugachyova 1994-yilda turmush qurgach, 11 yil davomida birga yashagan. 2011-yilda xonanda qiziqchi Maksim Galkinga turmushga chiqqan.
Joriy yilning 15-aprel kuni Alla Pugachyova 70 yoshni qarshi oldi. U o‘zining musiqiy faoliyati davomida 500 ga yaqin qo‘shiqlar yozgan.
Izoh (0)