Shri-Lankada portlashga aloqadorlikda gumonlanib, yeti kishi ushlandi, deb yozadi “Gazeta.ru” mamlakat iqtisodiy islohotlar va davlat taqsimoti vaziri Xarsha de Silvaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar mamlakatda ertalab yuz bergan hujumlar sababli qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada bir kunda 8 ta portlash yuz berdi. Qurbonlar soni 200 kishidan oshdi, yaralanganlar 500 kishini tashkil qilmoqda.
Avvalroq Shri-Lankadagi portlashlarda 35 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)