Shri-Lankadagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlardan kamida 35 nafari xorijlik fuqarolar. Bu haqda mahalliy politsiya vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Qurbonlar orasida AQSh, Buyuk Britaniya va Niderlandiya fuqarolari borligi bildirilmoqda.
Mamlakatda 21-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 18.00 dan 22-aprel soat 6.00 gacha komendantlik soati joriy etiladi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar vaqtinchalik blokirovka qilingan.
Shri-Lankada 22 va 23-aprel ish kunlari bo‘lmasligi e’lon qilingan.
Izoh (0)