Shri-Lankada 21-aprel, yakshanba kuni yuz bergan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” politsiya vakiliga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashlarda 207 kishi qurbon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada bir kunda 8 ta portlash yuz berdi. Sakkizinchi portlash poytaxt Kolombo yaqinida joylashgan Dematagoda shahridagi turar joyda sodir bo‘lgan.
Bundan avvalgi 6 ta portlash Kolombodagi mehmonxonalar va Kotaxen, Negombo hamda Battikaloa shaharlaridagi uchta katolik cherkovida Pasxa bayrami davomida yuz bergandi.
Yettinchi portlash Dexivala shahri hayvonot bog‘i yaqinida uyushtirildi.
Avvalroq Shri-Lankadagi portlashlarda 35 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)