Sudan mudofaa vaziri Avad ibn Auf mamlakat o‘tish davri harbiy kengashi rahbari sifatida qasamyod keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Avad ibn Auf mamlakatda uch oy davom etadigan favqulodda holat joriy etilishini bildirdi.
Shuningdek, hukumatni shakllantirish uchun ikki yillik o‘tish davri ham belgilandi. Bu muddat mobaynida mamlakatni vaqtinchalik kengash boshqaradi.
Izoh (0)