Turkiya C-400 uchun F-35dan voz kechishi mumkinligi bilan AQShga tahdid qildi, deya xabar beradi Reuters.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining ma’lum qilishicha, bu Vashington beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishdan bosh tortsa sodir bo‘ladi. Tashqi ishlar vaziri bunday samolyotlar nafaqat amerikaliklarda, balki Rossiyada ham borligini ma’lum qilgan. U xaridlar mamlakat o‘zining beshinchi avlod harbiy samolyotlarini ishlab chiqarishini boshlangunicha davom etishini qo‘shimcha qilgan.
Chovusho‘g‘li shuningdek, AQShning F-35 dasturida Turkiyaning ishtiroki haqidagi bayonoti xato ekanini ta’kidlagan. “Bizga to‘rtinchi shunday samolyot allaqachon yetkazilgan”, — deya tushuntirdi u.
Bundan tashqari, vazir Turkiyaning Rossiyadan qo‘shimcha S-400 raketa tizimiga buyurtma berishi mumkinligini bildirgan. Agar Anqaraga AQSh Patriot raketa mudofaa tizimini sotib olishga ruxsat bermasa, bu sodir bo‘lishini ma’lum qilgan. Vashington, Turk hukumatining yetkazib berishga doir bahsli takliflarini muhokama qilish uchun ishchi guruh tuzish taklifiga hali javob bermaganini eslatgan.
Avvalroq, 10-aprel kuni, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Rossiya S-400 raketa tizimini 2019-yilning iyul oyigacha Anqaraga yetkazishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)