5-aprel kuni noma’lum shaxs Samarqand tumani Dashtiso‘xta mahallasida yashovchi S.I. ismli ayolning uyiga darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati ikki million 800 ming so‘mlik zanjirni o‘g‘irlab ketgan.
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahar Haqiqat ko‘chasida yashovchi O.A. ismli ayol, uning singlisi S.A., ularning qarindoshlari U.Y. (ismli ayol) va O‘.A. (ismli qiz)lar sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)