AQShning Nevada shtatida 13 yoshli Uilyams Preston pul yig‘ib, onasiga mashina sovg‘a qildi, deb yozadi Forum Daily.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol ajrashgan bo‘lib, uchta bolani yolg‘iz katta qilayotgan bo‘lgan. U tinimsiz ish qidirgan, lekin topa olmagan.
Bola mashina olish uchun Xbox o‘yinini sotgan. Onasiga bildirmagan holda qo‘shnisining hovlisidagi gazonlarni kesish bilan shug‘ullangan. Topgan pullarini uzoq vaqt yig‘ib borib, unga ishlatilgan mashina sotib olgan.
Uilyams mashina haqida aytganida avvaliga onasi bunga ishonmagan. Keyin hovlida mashina turganini ko‘rib, xursandligidan yig‘lab yuborgan.
“Men o‘z o‘g‘lim bilan faxrlanaman”, — deb yozgan ayol o‘zining Facebook’dagi sahifasida va o‘g‘lining mashina oldida tushgan suratini joylagan.
Izoh (0)