Venesuela hukumati oltin zahiralarini sotishda davom etmoqda, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Xabarda aytilishicha, gap sakkiz tonna oltin haqida bormoqda. Oltinlar partiyasi allaqachon saqlashdan chiqarilgan bo‘lib, chet elga sotish uchun tayyorlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Venesuela oltin zahiralari 30 tonnaga kamaygan. Bu AQSh sanksiyalari yanada keskinlashgan sharoitda sodir bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda zahiralarda qiymati to‘rt milliard dollardan ortiq bo‘lgan 100 tonna atrofida oltin qolgan.
Izoh (0)