Venesuela hukumati mamlakatning Amerika davlatlari tashkiloti (ADT)dan chiqishini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Bu haqda Venesuela Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilingan. Ular Venesuela davlati AQSh hukumronlik qiluvchi tashkilotda qololmasligini ta’kidlab o‘tgan.
Qayd etilishicha, bu 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
2017-yilning aprel oyida Venesuela tashqi ishlar vaziri Delsi Rodriges mamlakat ADTdan chiqishga qaror qilganini ma’lum qilgan.
2018-yilning iyun oyida ADT Venesuelaning tashkilotga a’zoligini to‘xtatishga imkon beruvchi qaror qabul qilgan.
Izoh (0)