AQSh prezidenti Donald Tramp Maxfiy xizmat rahbari Rendolf Allesni lavozimidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersga ko‘ra, rasmiy iste’foni yaqin orada kutish mumkin. Allesning o‘rnini xizmat vakillaridan biri Jeyms Marrey egallaydi.
OAVning bildirishicha, Allesni ishdan bo‘shatish haqidagi qaror bundan ikki hafta avval, Floridada ro‘y bergan hodisaga qadar qabul qilingan. 30-mart kuni Xitoy fuqarosi bo‘lgan ayol Trampning qarorgohida o‘tkazilgan yopiq marosimga kirishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)