7-aprel kuni Nyu-Jersining Monro-Taunship shahrida 54 yoshli tajribali parashyutchi baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily.
Xabarda aytilishicha, uning parashyuti tegishli ravishda ochilmay qolgan va u shahar ko‘chasining mashinalar to‘xtab turgan joyda qulab, halok bo‘lgan.
Bunga guvoh bo‘lgan mahalliy aholi dahshatga tushgan va zudlik bilan tez yordamni chaqirgan.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan kishi parashyut qismlariga o‘ralgan bo‘lib, zahira parashyut hali ochilmagan bo‘lgan.
Marhum skaydayvingga ixtisoslashgan Skydive Cross Keys kompaniyasi samolyotidan sakragan. Kompaniya vakillari parashyutchi tajribali bo‘lgani va bundan avval deyarli ming marta parashyutda sakrab, muvafaqiyatli ravishda yerga qo‘nganini aytgan.
Izoh (0)