• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi “paxta ishi”: Prokuror 8 yil qamoq jazosi so‘ragan direktorni sudya nega ozodlikka chiqarib yubordi?

    “Daryo” taxririyatiga Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro Baxran Allanov murojaat qildi. Murojaatda 2017-yilning paxta hosili mavsumida “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati direktori To‘xtamurod Elmurodov, zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Mo‘min To‘rayev, ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Amanov, korxona bosh muhandisi Bahodir Umirov hamda texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Toshpo‘latov, korxona bosh iqtisodchisi Otabek Pardayev, tayyor mahsulotlar bo‘limi boshlig‘i Bohodir Fayziyev, tola tovarshunosi Faxriddin Norqulovlar tomonidan talon-taroj qilingan paxta mahsulotlari uchun o‘g‘li Jasur Abdullayev noqonuniy tarzda ayblanib, qamoqda o‘tirganligini bayon etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining 2018-yilning 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sud hukmining bayonnomasi va tergov hujjatlarida 2017-yilning paxta hosili mavsumida “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati direktori To‘xtamurod Elmurodov mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z mansab mavqeidan foydalanib, uni suiste’mol qilish natijasida 2017-yilgi paxta mavsumi davomida fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxta xomashyosini o‘zlashtirish va rastata yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi qayd etilgan.

    To‘xtamurod Elmurodov qabul qilingan paxta xomashyosini to‘lig‘icha qayta ishlashga yo‘naltirish o‘rniga, yuqori turuvchi rahbarlar oldida soxta obro‘ orttirish maqsadida, qo‘l ostidagi xodimlariga paxta qabul qilish maskanlaridan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklaridan qabul qilib olingan ifloslik va namlik ko‘rsatgichlari asosida qabul qilib olishni buyruq bergan.

    Oqibatda zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Mo‘min To‘rayev tomonidan qiymati 604 million 973 ming 300 so‘mlik 1177,3 tonna, “O‘zbekiston” paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Jasur Abdullayev tomonidan qiymati 550 million 824 ming 200 so‘mlik 396,5 tonna, “Dahbet” paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabov tomonidan qiymati 243 million 276 ming 700 so‘mlik 475,2 tonna hamda “Oqdaryo” paxta qabul qilish maskani 2-hudud (zona) tovarshunosi Umidjon Qarshiyev tomonidan qiymati 410 million 068 ming so‘mlik 403,6 tonna, umumiy hisobda 1 milliard 809 million 142 ming 200 so‘mga teng bo‘lgan 2452,6 tonna paxta xomashyosi talon-taroj qilinib davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aytib o‘tilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarvand viloyat sudi sudyasi O‘tkir Mamadaliyevning 2018-yil 25-oktabr kuni chiqargan hukmiga ko‘ra “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati direktori To‘xtamurod Elmurodov Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandidan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, uch yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, eng kam ish haqining 487 barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llagan holda sud zalidan ozod qilingan.

    Paxtani o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyati uchun sud tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan Mo‘minjon To‘rayevga 10 million so‘m jarima va 1 yil 10 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi, Muxuddin Rajabovga esa 2 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Sud Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan Odiljon Norboyevni 120 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilgan bo‘lsa, Ma’rufjon Rabbimov 140 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilingan. Shuningdek, xuddi shu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan Furqat Xolmatovga esa 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish bo‘yicha hukm chiqarilgan.

    Mazkur jinoyat ishida aybli deb topilgan Jasur Abdullayev Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qism “a” bandi va 28, 209-moddasi 1-qismida aybli deb topilib, 5 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bundan tashqari sud tomonidan Jasur Abdullayevdan 550 million 824 ming so‘m zarar undirilishi belgilangan.

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning mazkur ish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tergovga taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganish olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilning 9-fevral kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan paxtani o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishini qo‘zg‘atish va ish yurituvga qabul qilish bo‘yicha F-1№22-raqam bilan qayd etilgan hujjatlarda “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati va uning filiallaridagi mas’ul xodimlari o‘zaro kelishgan holda jinoyat ishini sodir etganligi aniqlangan.

    Xususan, tergov jarayonida “Dahbet” paxta qabul qilish punktida 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabovning uyida tintuv o‘tkazilganda ashyoviy dalil sifatida o‘zi tomonidan yuritilgan qarz daftari topilgan. Ushbu daftarda zavodning mansabdor shaxslari, jumladan zavod direktori To‘xtamurod Elmurodovga umumiy hisobda 25 million so‘m berganligi yozilgan. Shuningdek, zavod huquqshunosi Rustam Rahmatovga 5 tonnadan ortiq paxta chigiti berganligi ham qayd etilgan. Biroq tergovda ham sud jarayonida ham ushbu hujjatga hech kim e’tibor qaratmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qolaversa, 2-hudud (zona) tovarshunosi Muhiddin Rajabovning uyidan chiqqan ashyoviy dalil sifatida olingan daftarda zavodning qorovullar boshlig‘i Husan Omonovga 1 million 500 ming so‘m, rejim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Matnazar Kuryazovga 4 million so‘m berganligi ham qayd qilingan.

    – Muhiddin Rajabovning uyidan ashyoviy dalil sifatida olingan daftarlar prokuratura tergovchisi Sherzod Yusupov tomonidan sudga taqdim etilmagan, — deydi Baxran Allanov. – Prokuratura tergovchilari Sh.Yusupov va G‘.Usmonovlar tomonidan Muhiddin Rajabov yuzaki so‘roq qilinib, ushbu taqdim etilgan hujjatlarga shunchaki sovuqqonlik yoki kimningdir manfaatini ko‘zlangan holda oydinlik kiritilmagan.

    Baxran Allanovning aytishicha, ish bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq sud majlisida guvoh tariqasida so‘roq qilingan taftishchi Sh.Yarashev, mutaxassislar G.Rustamov, O.Ergashev va boshqalar o‘zlarining ko‘rsatmalarida ishchi xodimlar tomonidan yuritilgan “qora daftar” hech qanday buxgalteriya hujjati hisoblanmasligini bildirgan. Biroq tergovchi ushbu “qora daftar”ga asoslanib ayblov e’lon qilgan. Sud va tergov jarayonida haqiqiy laboratoriya tahlil daftari qayerda va kim tomonidan yo‘qotilganligiga aniqlik kiritilmagan.

    – Zavod qoshidagi tayyor mahsulotlar bo‘limi tola tarozibonlarining tolalarini ketma-ketligini qayd qilish daftari hamda navbatchi (smena) laboratoriya daftarlari tergovga ham sudga ham taqdim etilmagan. Shuningdek, sifat markazining paxta toylarni (kip) qayd qilish daftari ham ko‘rsatilmagan, — deydi Baxran Allanov. – Bir shaxsni himoya qilish, aniqrog‘i Mo‘min To‘rayevning foydasini ko‘zlagan holda yo‘q qilingan. Chunki, sifat markazi xodimlari Normurzo Jamolov, Ravshan Sayfutdinov hamda tayyor mahsulotlar tovarshunosi Faxriddin Norqulovlar zavodning 2-hudud (zona) tovarshunosi Mo‘min To‘rayev hamda zavod direktori To‘xtamurod Elmurodovga yaqin qarindosh hisoblanadi.

    “O‘zbekiston” paxta qabul qilish maskani qabul qilib olgan 4368 tonna paxta xomashyosini to‘lig‘icha kamomadsiz zavodga jo‘natilgan va zavodga kirim qilingan. Bu haqda sanama-sana paxta navlari bo‘yicha “O‘zbekiston” paxta qabul qilish maskani hisobchisi Qo‘ldosh Ahmedov hamda “Yangiqo‘rg‘on” paxta zavodi qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobchisi Saydullo Toshevlar tomonidan solishtirma (sverka) dalolatnoma imzolanib, muxrlangan. Ushbu taqqoslash dalolatnomasining asl nusxasi sudga taqdim etilgan. Biroq tergovda ham, sud jarayonida ham ushbu hujjatlar inobatga olinmagan.

    “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati raisi To‘xtamurod Elmurodov va ish bo‘yicha so‘roq qilingan bir qancha guvohlar tergov va sudda Jasur Abdullayev javobgarligidagi paxta xomashyolari 2017-yilning oktabr oyi oxirgi kunlari ishlab chiqarishga berila boshlanganligini aytishgan. Bu vaqtda zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobidagi paxtalar to‘liq ishlab chiqarib bo‘lganligi to‘g‘risida ham ko‘rsatma berib, boshqa paxta xomashyosi qolmaganligini bildirgan. Taftish dalolatnomasiga ko‘ra, Jasur Abdullayevning paxtasi qayta ishlangan vaqtda Mo‘min To‘rayevning hisobiga 117,6 tonna tola mahsuloti paxtaga o‘girilganda 351 tonna paxta o‘tib ketganligi aniqlangan.

    Baxran Allanovning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston” paxta qabul qilish maskani paxta xomashyosini qayta ishlab chiqarish bo‘yicha chigitni va tolani kilogrammi, tolani sorti, chigit hamda uning siklonini aniqlab beruvchi 28-XL topshiriqnomalarini bosh iqtisodchisi Otabek Pardayev va zavod qoshidagi paxta qabul qilish maskani hisobchisi Saydullo Toshevlar to‘ldirgan. Ushbu topshiriqnomaga korxona mutasaddi rahbarlarining barchasi imzo chekkandan keyingina paxta ishlab chiqarishga beriladi. Qiziq jihati shundaki, taftishchi Sh.Yarashov sud jarayonida bu haqida gapirmagan bo‘lsa-da, sud hukmi bayonnomasida taftishchi Sh.Yarashov nomidan 28-XL topshiriqnomalarini Jasur Abdullayev to‘ldirgan deb kiritgan.

    – Birinchi bosqich sudida o‘g‘lim Jasur Abdullayev aybsiz ekanligini to‘liq isbotlab bergan edi. Lekin sud zavod direktori To‘xtamurod Elmurodov va qolgan mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar va qonunbuzarlik holatlariga sovuqqonlik bilan yondashdi, — deydi Baxran Allanov. – Sud muzokarasida prokuror To‘xtamurod Elmurodovning jinoyat ishi uchun 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘radi. Ammo sud hukmi o‘qilgan kuni sudya O‘tkir Mamadaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalari bilan aybli deb topilgan zavod direktori To‘xtamurod Elmurodovga jarima jazosi qo‘llab sud zalidan ozodlikka chiqarib yubordi. Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a” bandi, 28, 209-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib o‘g‘lim Jasur Abdullayevga 5 yil 7 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

    Baxran Allanovning aytishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining 2018-yil 25-oktabr kuni chiqargan sud hukmidan norozi bo‘lib Samarqand viloyat prokuraturasiga murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan ushbu ariza qanoatlantirilib, zavod direktori To‘xtamurod Elmurodov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan hukmga 2019-yilning 4-mart kuni kassatsiya tartibida protest kiritilgan. Biroq haligacha kassatsiya tartibida kiritilgan protest ishi ko‘rilmasdan kelinmoqda.

    – To‘g‘risi, men Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga bo‘lgan ishonchim yo‘qolgan. Shu sababli mazkur ish bilan bog‘liq jinoyat ishini boshqa viloyat sudida ko‘rib chiqilishini istayman. Buning sababi, mazkur jinoyat ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining birinchi o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev ko‘rgan. Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, viloyatdagi boshqa qaysi sudya o‘z rahbari chiqargan sud hukmini noto‘g‘ri deb ayta oladi.

    Baxran Allanov O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hamda Oliy sudi tomonidan 2017-yil paxta hosilini talon-taroj qilgan “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida yuzaga kelgan jinoyat ishini nazoratga olinishini istamoqda. Bosh prokuratura va Oliy sud nazorati ostida kassatsiya tartibidagi sud boshqa viloyatda ko‘rilsagina adolat qaror topishidan umidvor.

    08.04.2019, 12:08   Izoh (0)   50194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qidiruvda bo‘lgan firibgar Rossiyada qo‘lga olindi

    08.04.2019, 11:58

    Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga yo‘l oldi

    08.04.2019, 11:42

    Hindiston va bangladeshlik tadbirkorlar Andijon va Namangan viloyatlariga tashrif buyurdi

    08.04.2019, 11:31

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qariyb 31 so‘mga qimmatlashdi

    08.04.2019, 11:17

    O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi qabul qilinadi

    08.04.2019, 11:05

    Qashqadaryoda DXX xodimlari kuni munosabati bilan 120 ta yangi xonadon egalariga topshirildi

    08.04.2019, 09:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    O‘zbekistonda Italiyaning Sira radiatorlari ishlab chiqariladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Markaziy Osiyoning eng yirik IT tadbiri ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ishtirokchisiga aylaning!


    AVO: O‘zbekistondagi yangi raqamli bankda mijozlarning keng qamrovli himoya qilinishi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kia avtomobillariga imtiyozli shartlar boyicha kreditlash: yillik foiz stavkalari 14% dan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.