Kraystcherch shahar sudi Yangi Zelandiyadagi ikki masjidga hujum qilishda ayblanayotgan Brenton Tarrantani psixologik tekshiruvga yuborish haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Ekspertiza ayblanuvchi o‘z harakatlariga javob bera olishini aniqlashi lozim. Tekshiruvga uch oy vaqt talab etiladi. Keyingi sud majlisi 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Brenton Tarranton o‘zini mustaqil himoya qila olishini bildirganiga qaramay, unga advokat tayinlangan. U tergov davomida joylashtirilgan Okleanddagi qatiy rejimdagi qamoqxonadan videoaloqa orqali sudya bilan gaplashgan.
Tergov ishlari maxsus komissiya tomonidan olib borilmoqda.
Izoh (0)