Sankt-Peterburg metrosidagi terakt haqidagi ish bo‘yicha ayblanuvchilar sudda qog‘oz varaqlariga “Bizni oyog‘imizdan chalishdi”, “Biz aybdor emasmiz”, “Hali ko‘rasiz, bizga qarshi hech narsa yo‘q!” degan gaplarni yozdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ish figurantlari varaqlarni tanaffus chog‘ida “akvarium” shishasiga tirab turdi. Ammo aksiya sud nozirlari tomonidan tezlikda to‘xtatilgan.
Peterburg metrosidagi terakt haqidagi ish bo‘yicha 11 kishi sudlanmoqda, ular terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etishda, teraktda, terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashishda, portlovchi qurilmalarni noqonuniy tayyorlash va aylantirishda ayblanmoqda.
Sudlanuvchilar aybiga iqror bo‘lmayapti, ularning ba’zilari Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qiynoqlarga duchor bo‘lgani va dalillar soxta ekanligini ta’kidlamoqda.