4-aprel kuni Laсetti haydovchisi S.T. Andijon viloyatining Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan A.N. boshqaruvidagi Moskvich-412 rusumli mashina bilan to‘qnashgan.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, oqibatda Moskvich-412 mashinasidagi ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Laсetti haydovchisi va Moskvich-412 mashinasining yana bir yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)