Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etdi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida Lian Kuppens O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni bezgakdan holi qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2017-yilda O‘zbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e’tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa yurtimizni bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.
Izoh (0)