QR-book elektron kitob javoni orqali talabalar professor-o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanish uchun o‘z smartfoni orqali kitoblarni elektron nusxasini “QR-kod” orqali yuklab olib foydalanishlari mumkin, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.
Universitet hududida, ya’ni o‘rindiqlar, dam olish maskanlarida 6 ta Qr-book tizimida ishlovchi kitob mutolaa qilish joylari tashkil etilmoqda. Shulardan birinchisi, 120 ta kitobni o‘z ichiga olgan QR-kod bilan ishlovchi kitoblar javoni Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti o‘quv binosiga o‘rnatildi.
Universitet Innovatsion texnologiyalar asosida mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti 1- bosqich talabalari Saidali Abror, Diyor Hamidov, Abror Yo‘ldoshevlar tomonidan tatbiq etilgan loyiha talabalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Izoh (0)