Rossiyaning Astraxan viloyati chegarachilari mamlakat chegarasini birovning pasporti bilan kesib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Hibsga olingan shaxsning mamlakatga kirishi 2020-yil avgustiga qadar taqiqlangan, chunki u bungacha Leningrad viloyatida bir qator ma’muriy qoidabuzarliklarni amalga oshirgan. Shu sababli Rossiya hududiga kirish uchun o‘zbekistonlik o‘z akasining pasportidan foydalangan, ularning tashqi ko‘rinishi esa o‘xshash bo‘lgan.
Fuqaro Toshkentdan Saratovga ketayotgan poyezdga o‘tirgan. Ammo “Aksarayskiy” o‘tkazish punktida chegara nazoratidan o‘tishda yolg‘on fosh bo‘lgan. Qonunbuzarga nisbatan “Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)