2019-yil 29-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi Sh.M IIBga murojaat qilib, unda shu yil 24-mart kuni soat 04:00 larda uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 30 yoshli Yulduz Abdurahmonova 1 yoshli qizi bilan birgalikda, uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Ona va bolani qidirib topish choralari ko‘rilgan edi. Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari va fuqarolarimizning bergan ma’lumotlari natijasida ona va uning qizi Toshkent shaharning Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan sog‘-salomat topilib, uyiga qaytarilgan. O‘z o‘rnida, boshqalar taqdiriga befarq bo‘lmay, ichki ishlar idoralariga ushbu ona va bola haqida ma’lumot bergan fuqarolarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)