Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “Obod qishloq” va investitsiya dasturi asosida bir qator maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
1-aprel kuni tumanda zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan uchta MTM faoliyat boshladi.
Shuningdek, 11 ta oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari ochildi. Davlat-sherikchilik sharti asosida ishga tushirilgan mazkur bog‘chalar 270 nafardan ortiq bolani qamrab oladi.
— Ikki qavatli turar-joyimiz o‘rnida uy bog‘chasini ochdik, — deydi “Feruza” nomli oilaviy NMTM mudirasi Ma’mura Donaqulova. — Jihozlash uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berildi. Qolaversa, oila a’zolarimning ikki nafarini ishga oldim. Ular byudjetdan maosh olib ishlaydi. Oziq-ovqat ta’minoti davlat tomonidan yetkazib beriladi. Faoliyatimiz ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otyapti. Bolasini oilaviy bog‘chaga berish istagini bildirgan talabgorlar ko‘p.
“Bolajon” oilaviy bog‘chasida o‘tkazilgan tadbirda xususiy tadbirkorlarning 11 nafariga oilaviy NMTMni yuritish uchun hujjatlar topshirildi.
Izoh (0)