O‘zbekiston 2018-yilda xorijdan 0,7 million AQSh dollariga qurol-yarog‘, o‘q-dori va ularning qismlari hamda tegishli vositalarini xarid qildi. Undan oldingi yillarda esa bu maqsad uchun 0,3 million dollardan sarflangan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Shuningdek, 2018-yilda mamlakat 0,1 million dollarlik san’at asarlari va antiqa buyumlarni import qilgan. 2016 va 2017-yillarda chetdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha hech narsa xarid qilinmagan.
Qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar importiga ham ko‘proq mablag‘ sarflangan. Bu borada 2016-yilda 1,2 milliard dollar, 2017-yilda 1,7 milliard dollar, 2018-yilda esa 2,4 milliard dollar xarj qilingan.
Qimmatbaho metallar va toshlar importida ham keskin o‘sish kuzatilgan. 2016-yilda buning uchun 0,4 million dollar sarf etilgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 40,7 million dollarga yetgan.
Izoh (0)