Nigeriya shimoli-g‘arbida qurollangan shaxslar hujumi oqibatida eng kamida 10 nafar fermer halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.
“Bizga hujum haqida xabar kelib tushdi. 10 kishi halok bo‘ldi”, — deyiladi mamlakat politsiyasi axborotida.
Qayd etilishicha, hujum 30-mart kuni Zamfara shtatida yuz bergan.
Asosiy gumondorlar Nigeriya shimolida chorva o‘g‘irlaydigan jinoiy guruhga aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)