29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-tur uchrashuvlari boshlandi.
Shu kuni “Kalyari” klubi “Kyevo” bilan o‘ynadi.
Bahsda Fabio Pisakane (16), Juan Pedro (33), Artur Ionita (43) tomonidan kiritilgan gollar mehmon jamoaning g‘alabasini ta’minladi (3:0).
30-mart, shanba kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Empoli”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, turinliklar 28-turda “Jenoa”ga qarshi maydonga tushib, joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi (0:2).
Kunning so‘nggi o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi safarda Fabio Kvalyarella yetakchiligidagi “Sampdoriya” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv tungi soat 00:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, “Milan” oxirgi turda Milan derbisida “Inter”ga imkoniyatni boy bergandi (2:3).
31-mart, yakshanba kuni turning markaziy o‘yinlaridan birida “Roma” klubi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasi bilan jang qiladi. To‘qnashuvga 19:00 da start beriladi. Ta’kidlash joiz, musobaqaning 28-turida rimliklar mehmonda SPALga yutqazgan bo‘lsa (1:2), neapolliklar o‘z maydonida “Udineze” ustidan g‘alaba qozongandi (4:2).
Turga “Inter” hamda “Latsio” klublari qarama-qarshiligi ostidagi o‘yin yakun yasaydi. Bellashuv 00:30 da boshlanishi belgilangan. Ma’lumot uchun, Luchano Spaletti boshliq “Inter” 53 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda, rimliklar esa 45 ochko bilan 6-pog‘onani band qilgan.
28-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
A Seriya
29-tur bahslari
29-mart, juma
“Kyevo”—“Kalyari” 0:3
Gollar: 0:1 — 16 Pisakane, 0:2 — 33 Pedro, 0:3 — 43 Ionita30-mart, shanba
“Udineze”—“Jenoa” 19:00
“Yuventus”—“Empoli” 22:00
“Sampdoriya”—“Milan” 00:30
31-mart, yakshanba“Parma”—“Atalanta” 16:30
“Roma”—“Napoli” 19:00
“Frozinone”—SPAL 19:00
“Fiorentina”—“Torino” 19:00
“Bolonya”—“Sassuolo” 22:00
“Inter”—“Latsio” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)