28-mart, payshanba kuni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga yangi Xitoyda ishlab chiqarilgan Zhongtong (narxi qariyb 1 milliard so‘m) rusumli avtobus topshirildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Bugun yaxshi niyat bilan “Surxon” jamoasi bilan o‘yin oldidan jamoaga homiylar ko‘magida olingan yangi avtobus taqdim etish marosimiga yig‘ilganimiz. Birinchi navbatda homiylarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ertaga Termizdan uch ochko olib kelishiga tilakdoshmiz. Jamoa rahbariyati va murabbiylari va futbochilari doimo samarqandliklarni xursand qilib yurish nasib etsin. Futbol millionlar o‘yini. Hamma bu o‘yinga ko‘z tikib o‘tiradi. Eng katta viloyat, 4 millionga yaqir aholi doim kuzatib turadi. Doim yuzlaringiz yorug‘ bo‘lsin. Ko‘zlangan maralarga yetib yurishsin.Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi
Eslatib o‘tamiz, O‘FA qarori bilan “Surxon” hamda “Dinamo” jamoalari Superligaga qaytarilgandi. Endi ikkala jamoa 30-mart kuni “Surxon” maydonida Superliganing 2-tur bahsida kurash olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)