Toshkent moliya institutida Malayziyaning Binari universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Bunga bag‘ishlangan marosimda Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assan va Binari universiteti prezidenti Tan Sri Dato boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.
Mazkur qo‘shma fakultetda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab biznes boshqaruvi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Magistrantlarga 1+1 dasturi asosida yoki dastur davomida istalgan bir semestrda Malayziyada tahsil olish imkoniyati yaratiladi. Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
Izoh (0)