2019-yil 27-mart kuni soat taxminan 21:00 larda 1994-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi 63-sonli talabalar turar joyining 6 qavatida joylashgan 609-xonasida vaqtincha yashagan, fuqaro Sh.U., ushbu talabalar turar joyining 6-qavatidan o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushib, olgan tan jarohatlari tufayli TTA 2-klinikasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida tahsil oluvchi qiz yotoqxonaning oltinchi qavatini o‘zini tashlagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)