Rossiyada Qozon shahridan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi. Sochi aeroportining matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi, yo‘lovchilar jabr ko‘rmadi, deb yozadi “RBK”.
Xabar qilinishicha, hodisa aeroportdan 35 kilometr masofa uzoqlikda samolyotning qo‘nishi oldidan sodir bo‘lgan. Samolyot aviatsiya texnik tekshiruvidan o‘tish uchun Vnukovo aeroporti bazasiga yo‘lovchilarsiz ketdi.
Bu samolyotda Moskvaga uchib ketishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar boshqa reyslar orqali o‘z manzillariga jo‘natildi.
Izoh (0)