Somalida “Ash-Shabob” terrorchi guruhi jangarilari hukumat binosiga hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hujum oqibatida kamida 15 kishi, jumladan, mamlakat mehnat vaziri yordachisi va politsiyachilar halok bo‘ldi. Yana 20 nafarga yaqin kishi jarohatlandi.
Dastlab xudkush terrorchi avtomobilda o‘zini portlatib yuborgani, so‘ng to‘rt nafar boshqa jangari otishma uyushtirgani bildirilmoqda.
Hujum qilganlarning barchasi o‘ldirilgan.
Izoh (0)