24-mart kuni birinchi xalqaro yarim marafonning o‘tkazilishi munosabati bilan tong soat 9:00 dan 13:00 gacha Toshkentning bir qator ko‘chalarida transport harakati cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Transport harakati quyidagi ko‘chalarda cheklanadi:
- Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov majmuasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasigacha;
- Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;
- Mustaqillik ko‘chasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasigacha;
- Maxtumquli ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘lgacha ;
- Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘l — Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
- Amir Temur ko‘chasi — Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Islom Karimov ko‘chasi — Amir Temur ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Sharof Rashidov ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Navoiy va Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha;
- Navoiy ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
- Qodiriy ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
- Olmazor ko‘chasi — Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha (aynan yugurish boshlangan joyda finish qilinadi).
Izoh (0)