Oq Uy Demokratlarning prezident Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar bilan bog‘liq intervyu va hujjatlarni berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Tramp administratsiyasi prezidentning diplomatik xabarlari maxfiy bo‘lib, bu ma’lumotlarni talab qilish Kongressning qonun doiradagi tekshiruv faoliyatidan chetga chiqishini aytgan.
Xabarda aytilishicha, Tramp Oq Uy administratsiyasidan Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbati tafsilotlarini sir tutmoqda.
Xususan, 2017-yilda Gamburgda bo‘lib o‘tgan sammitda o‘z tarjimonidan yozuvlar qayd etilgan qog‘ozni olib qo‘ygan va administratsiya a’zolariga bo‘lib o‘tgan voqealarni muhokama qilishni taqiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Kongressida Trampga qarshi yangi ommaviy tekshiruv ishlari boshlangani haqida ma’lum qilingan. Demokratlar partiyasi vakillari yangi tekshiruv ishlari prezidentning impichmentiga olib kelishi mumkin, degan fikrda.
Izoh (0)