Niderlandlarning Mercer Amsterdam brendi qayta ishlangan ananas barglaridan krossovka ishlab chiqardi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Ishlab chiqaruvchilar uni vegetarianlar uchun yaxshi deb atagan.
Kompaniya Filippinda xomashyo sotib oladi va o‘simlik tolalarini mikrofibraga aylantiradi.
Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bu jarayon katta miqdorda suv va elektr energiyasini talab etadi, yangi material esa tabiiy charmning eng yaxshi o‘rni bosuvchisi bo‘lishi mumkin.
Ananas barglaridan tayyorlangan krossovkalar narxi taxminan 250 yevroni tashkil etadi. Ular 31-martdan boshlab savdoga chiqariladi.
Izoh (0)