21-mart kuni Braziliyada korrupsiyaga qarshi kurash choralari doirasida sobiq prezident Mishel Temer hibsga olindi, deb xabar berdi BBC.
U 2016—2018-yillar davomida prezidentlik qilgan. Sobiq prezident bir necha jinoiy ishlar ishtirokchisi hisoblanadi.
Uning hibsga olinishi shunchaki vaqt talab qilgan bo‘lib, prezidentlik daxlsizligi muddati o‘tishi kutilgan. Temerning o‘zi esa aybsizligini ta’kidlamoqda.
Temer San-Pauloda hibsga olingan. U samolyot orqali Rio-de-Janeyroga yetkaziladi.
Izoh (0)